Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimining vazifalari:
Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori bo‘ycha:
- talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
- talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
- oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
- topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
- oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
- bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
- bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha monitoring olib borish hamda ishga joylashganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni tayyorlash;
- “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori bo‘yicha:
- akademik guruhlarni shakllantirish;
- talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
- talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
- talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
- tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
- oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
- qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
- talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
- talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
- talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
- oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
- “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish.
Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori bo‘yicha:
- oliy taʼlim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
- familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
- oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
- bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.