Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimining vazifalari
Talabalarga xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
- dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
- qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
- joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
- sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
- akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
- imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
- oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
- oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
- oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
- talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
- talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
- talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
- talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
- oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
- talabalar turar joyiga koʻchib oʻtganlarni vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish uchun hujjatlarni tayyorlash;
- ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berish.
Ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
- grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
- ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
- innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga yordam berish;
- talabalarga nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish hamda ariza berishda koʻmaklashish;
- ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
- “Ustoz-shogird maktabi”ga aʼzo boʻlishga yordam berish;
- oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlarni talabalar orasida ommalashtirish;
- talabalarga ilmiy toʻgaraklar haqida maʼlumot berish hamda amaliy yordam koʻrsatish.
Xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
- oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
- turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
- oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
- xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
- xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
- xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
- xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
- xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
- xorijlik talabalarga oliy taʼlim tashkilotidagi oʻquv jarayonlari haqida maʼlumot berish.
Marketing va buxgalteriya boʻyicha xizmat koʻrsatish sektori bo‘yicha:
- ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni kiritish va olish;
- toʻlov-shartnoma summasini aniqlash, hisoblash va taqdim etish;
- akademik qarzdor talabalar uchun qayta oʻzlashtirish bo‘yicha toʻlov miqdorlarini aniqlash va tasdiqlash;
- talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
- bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish;
- potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish.