• Registrator ofisi boshlig'i

      • Boymatov Otabek Saboxiddin o'g'li

         

        Telefon: +998557077686

        email: muborakotabek@mail.ru

        Manzil: Samarqand, M.Ulug'bek ko'chasi 77

         

        • Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarish;
        • Ofis xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
        • talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
        • talabalar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultetlar, kafedralar hamda boʻlimlarning Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etishini muvofiqlashtirish;
        • Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
        • Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
        • talabalar, ota-onalarning taklif va shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda nizoli holatlarni qonunchilikda belgilangan tartib asosida vakolat doirasida bartaraf etish;
        • Xizmat koʻrsatish (front office) va Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
      • Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim boshligʻi

      • Kudratov Alisher Toshpulatovich

         

        Telefon: +998557077686

        email: alisher8462@gmail.com

        Manzil: Samarqand, M.Ulug'bek ko'chasi 77

         

        • Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimida ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis boshlig‘iga koʻmaklashish;
        • Ofis boshlig‘i ish joyida boʻlmaganida (mehnat ta’tili, xizmat safari va boshqalar) uning lavozim vazifalarini vaqtinchalik bajarish;
        • Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlimidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
        • talabalar uchun oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat turlarini tizim orqali tashkil qilish;
        • talabalarga oʻquv jarayonining tashkil etilishi, oʻquv jarayoniga tegishli maʼlumotlar, talabalarning elektron platformalardan samarali foydalanishiga koʻmaklashish;
        • talabalarning turar joylari faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonini tashkil qilish;
        • talabalarga ilmiy va innovatsion faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatishni tashkil qilish;
        • Ofis tomonidan xalqaro aloqalar va akademik mobillik boʻyicha xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
        • Ofis tomonidan marketing hamda buxgalteriya xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
        • professor-oʻqituvchilar va talabalarga tizimga oid tegishli maslahatlar berish;
        • oʻquv dasturlaridagi farqlarni bartaraf etish maqsadida qayta oʻqishni tashkil qilish;
        • “HEMIS”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
        • oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan OTTning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash). 
      •          Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim                                        boshligʻi

      • Abdinobiyev Otayor Baxtiyor o'g'li

         

        Telefon: +998557077686

        email: 92otayorjon@mail.ru

        Manzil: Samarqand, M.Ulug'bek ko'chasi 77

         

        • Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis boshlig‘iga koʻmaklashish;
        • Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
        • talabalarga tegishli boʻlgan statistik maʼlumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot  tizimiga toʻgʻri kiritilishini nazorat qilish;
        • talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:
        • “HEMIS”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
        • Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;
        • oʻquv jarayoni grafigiga asosan elektron taʼlim platformasida oʻquv ishlari prorektori (filial direktori oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini tizim orqali nazorat qilish;
        • oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan OTTning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);
        • talabalar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultetlar, kafedralar, xizmatlar va boʻlimlarning Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayoni tizim orqali toʻgʻri tashkil etishini muvofiqlashtirish.
    • Ofis kontaktlari

      • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
      • +99855 505-76-86
      • Samarqand shahar, Mirzo Ulug'bek 77
        140100 Samarqand
        Uzbekistan