Ta'limning kredit tizimini boshqarish bo'limi
Bo‘lim boshlig‘i:
Kudratov Alisher Toshpulotovich
Qabul vaqti:Har kuni
Telefon: 55 707-76-86
E-mail: alisher8462@gmail.com
Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi O'quv-uslubiy boshqarma tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli Qaroriga muvofiq, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining 2022-yil 19-oktabrdagi №198-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- o‘quv jarayoni jadvalini tuzish va u o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
- talabalarning fanlarga ro‘yxatdan o‘tishini nazorat qilish;
- akademik guruhlarni shakllantirish;
- oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazilishini nazorat qilish;
- ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
- ta’lim olayotgan talabalarning ma’lumotlarini arxivga qadar saqlash;
- transkript formalarini shakllantirish va talabalarning ma’lumotlarini kiritish;
- talabalar kontingenti bo‘yicha statistikani yuritish.